PFL mavsumning qolgan qismini tezroq yakunlash uchun klublarga 3 ta masalada taklif bilan chiqmoqda
O‘zPFL klublar bilan uch masala yuzasidan fikr almashyapti. Bu haqda tashkilot bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev o‘z telegram sahifasida ma’lum qildi.
Quyida ushbu masalalar bilan tanishib olishingiz mumkin:
1. O‘zbekiston Coca Cola kubogi uchrashuvlarini avval tashlangan qur’a bo‘yicha guruh uchrashuvlari tariqasida davom ettirgan ma’qulmi yoki mavsumni tezroq yakunlash maqsadida olimpiya tizimiga qayta qur’a o‘tkazish masalasi.
2. Coca Cola Superliganing so‘nggi to‘rt tur uchrashuvlarini neytral maydonlarda o‘tkazishi masalasi. Misol uchun, "Paxtakor" — "Nasaf" o‘yinini "So‘g‘diyona" stadionida o‘tkazishga o‘xshash.
3. Klublar smetasi bilan bog‘liq qisqartirishlardan kelib chiqib, ayollar chempionatining I davrasidan keyin yuqori va quyi oltilik uchrashuvlarini bo‘lib o‘tkazish. Bu holatda musobaqa 22 emas, 17 tur davom etadi.
O‘zPFL klublar imkoniyatlari va ovoz berishlaridan kelib chiqib, eng maqbul variantda to‘xtaladi. Umuman olganda, 2020 yilgi mavsum barchamiz uchun og‘ir va unutilmas bo‘lmoqda.
Fikrlar