
Pike faoliyatini 2020 yilda yakunlashi mumkin, chunki...
Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Jerar Pike o‘zining futbolchilik faoliyatini 2019/20 yilgi mavsum nihoyasiga etgach yakunlashni rejalashtirmoqda.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ispaniyalik futbolchi “ko‘k-anor ranglilar” prezidenti bo‘lmoqchi. “Barselona” prezidentligi uchun saylov 2021 yilda o‘tkaziladi. O‘sha vaqtga kelib Xosepa Marii Bartomeuning vakolati o‘z nihoyasiga etadi. Pike 2021 yilda 33 yoshga to‘ladi va u ushbu lavozim uchun kurashishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Pike “Barselona” safida 2008 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar