
Pimblett Fergyusondan keyin kim bilan jang qilishini aytdi
UFC jangchisi Peddi Pimblett(20-3) Toni Fergyuson(25-9) bilan to‘qnashuvdan so‘ng kim bilan jang qilishini ma’lum qildi.
"To‘g‘risini aytsam, Toni ustidan g‘alaba qozonib, kuchli 15 talikka kirishim dargumon. Shu bois, men Bobbi Gringa o‘xshagan jangchi bilan jang qilganim yaxshi deb o‘ylayman. Yoki, masalan, Grant Douson ham yaxshi variant. Har holda kuchli 15 talikka kirish uchun Fergyusondan boshqa birovni mag‘lub etishingiz kerak bo‘ladi”, - dedi britaniyalik jangchi.
Eslatib o‘tamiz, Pimblett va Fergyuson o‘rtasidagi qarama-qarshilik "UFC 296" doirasida 16 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar