
Pirlo Angliyaga agent jo‘natdi. U kimni “ovlaydi”?
“Yuventus” yozgi transferlar mavsumida “Arsenal” hujumchisi Aleksandr Lyakazettni sotib olishni rejalashtirmoqda.
Shu bois turinliklarning sport direktori Fabio Paratichi bugun Londonga keladi va “Arsenal” vakillari bilan 29 yoshli markaziy hujumchi transferi bo‘yicha muzokara o‘tkazadi.
Paratichi yangi bosh murabbiy Pirloning e’tibori va ishonchini qozonish uchun londonliklarni mohir hujumchini 30-40 million funt evaziga qo‘yib yuborishga ko‘ndirmoqchi.
Fikrlar