
Pochettino "Barsa" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin nimalar dedi?
Chempionlar Ligasi 1/8 final javob uchrashuvida PSJ - "Barselona"ni qabul qildi va 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra keyingi bosqichga chiqqan parijliklar ustozi Maurisio Pochettino o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Barselona" bilan 180 daqiqa futbol o‘ynab, keyingi bosqichga chiqish ajoyib! PSJdagi 2 oylik faoliyatim davomidagi eng zo‘r hissiyotlarni boshdan kechiryapman.
Birinchi bo‘limda hafsalamiz pir bo‘ldi. To‘pni qaytarib olish biz uchun oson bo‘lmadi, maydonda ancha ter to‘kdik. Tanaffusdan keyin o‘yin darajasini oshirdik, diqqatliroq va tajovuzkor bo‘ldik, to‘p bilan yaxshiroq ishladik. Chorak finalga chiqish klub uchun juda muhim vazifa edi.
Keylor Navas aql bovar qilmas o‘yin namoyish etdi. U bizga juda katta yordam berdi. Keylor - dunyoning eng kuchli darvozabonlaridan biri. U buni isbotladi".
Fikrlar