Pochettino “Chelsi” hujumida ishkal forvard o‘ynashini istayapti
“Chelsi” yozda 440 million evro xarajat qilib, o‘n nafardan ortiq o‘yinchilarni transfer qilgan bo‘lsa-da, bosh murabbiy Maurisio Pochettino tarkib to‘liq shakllanmaganini iddao qilmoqda.
Argentinalik murabbiy jamoaga o‘tkir hujumchi kerak ekanini ta’kidlamoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, “aristokratlar” qishda uch nafar hujumchi olishni rejalashtirgan. Londonliklar nishonida “Napoli” to‘purari Viktor Osimxen, “Aston Villa” hujumchisi Olli Uotkins va “Brentford” forvardi Ayven Touni bor.
Pochettinoning o‘zi unga Ayven Touni kerakligini aytyapti. Bu o‘yinchi hozir futboldan tashqarida yuribdi.
U qimorga pul tikkani uchun sakkiz oyga chetlatilgan edi. Ayven Tounining diskvalifikatsiyasi yanvar oyida yakunlanadi.



Fikrlar