
Pochettino murabbiylikka qaytishga tayyor
"Tottenxem"ning sobiq ustozi Maurisio Pochettino bir yillik tanaffusdan so‘ng, yana murabbiylikka qaytishga tayyorligini bildirdi.
“Men har doim futbolga qaytishga tayyorman, chunki men bu o‘yinni sevaman. Bu yana sodir bo‘lishini kutyapman. Murabbiylik ishi men uchun stress emas”, - dedi argentinalik mutaxassis.
48 yoshli Pochettino 2019 yilning 19 noyabr kuni “Tottenxem”dan iste’foga chiqarilganidan buyon ishsiz hisoblanadi. Unga "Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Real" va "Zenit" klublaridan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar bor.
Fikrlar