Pogba hech qachon "Oltin to‘p"ni ololmaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
 
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham har qancha zo‘r o‘ynamasin Pol Pogba "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritolmasligini ta’kidladi.
 
- "Oltin to‘p" hujumchilar sovriniga aylanib bo‘ldi, - dedi Dide Desham. - Pogba yarim himoyachi va ko‘p gol urolmasligi tabiiy. "Oltin to‘p" ko‘p to‘p kiritgan hujumchilar yoki ularning ortida o‘ynaydigan hujumkor futbolchilarga berilyapti.
 
Pol Pogba joriy mavsumda APL o‘yinlarida "Manchester Yunayted" tarkibida 13 ta uchrashuvda ikkita gol urdi.
 
Darhaqiqat, bu yilgi "Oltin to‘p"ni "Real" to‘purari Krishtianu Ronaldu qo‘lga kiritishi aytilmoqda. 
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!