Pogba ashaddiy raqibdan zo‘r taklif oldi

  • 8 may, 2022, 14:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Siti” rahbariyati klubning ashaddiy raqibi “Manchester Yunayted” yulduzi Pol Pogbani transfer qilishni rejalashtirmoqda.

The Guardian nashrining xabariga ko‘ra, “shaharliklar” frantsiyalik yarim himoyachini erkin agent sifatida qo‘lga kiritib, unga to‘rt yillik shartnoma taklif qilmoqchi. Shuningdek, Pogbada hamkorlikni yana bir yilga uzaytirish imkoni bo‘ladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, 29 yoshli futbolchining o‘zi “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan birga ishlashni istayapti.

“Yunayted” bosh murabbiy Ralf Rangnik Pogba klubda qolmasligini va jarohati tufayli mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishini ta’kidladi.

Pogba chempionatda 20 ta uchrashuvda qatnashib, bitta gol va to‘qqizta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!