
Pogba "Napoli"ga o‘tishi mumkin
Italiyaning "Napoli" klubi jarohat sabab uzoq muddatga safdan chiqqan himoyachi Vlad Kirikeshning o‘rniga munosib nomzod qidirishni boshlab yubordi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra neapolliklar bu borada 2ta nomzod - Diego Polenta va Florenten Pogbalarni ko‘rib chiqmoqda. Aytish lozimki, har ikkala futbolchi ham ayni damda erkin agent hisoblanadi va shu bois garchi transfer derazasi rasman yopilgan bo‘lsada “Napoli” ularni ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga ega.
Ma’lumot uchun, Florenten Pogba “Manchester Yunayted” klubi sardori Pol Pogbaning akasi hisoblanadi.
Fikrlar