Pogba Ronalduga “kalla qo‘ydi”

  • 13 noyabr, 2021, 17:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning frantsiyalik yarim himoyachisi Pol Pogba klub bilan yangi bitim imzolashga tayyor. Biroq, buning uchun klub uning talabini bajarishi kerak bo‘ladi.

Tecno

Pol Pogba klub xo‘jayinlaridan yangi shartnoma uchun Krishtianu Ronaldunikidan katta maosh to‘lashni talab qilmoqda. Ma’lumki, portugaliyalik yulduz Angliya premer-ligasida eng katta moyana oladigan o‘yinchi hisoblanadi.

Ronalduning bir haftalik maoshi 585 ming evroni tashkil qilmoqda. Pogba esa, o‘zini undan ko‘prog‘iga loyiq sanamoqda.

Pogbaning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Agar tomonlar yanvargacha o‘zaro kelishuvga erisha olmasa, futbolchi boshqa klublar bilan rasmiy muzokaraga kirishish huquqiga ega bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
13/11/2021 23:48
Аҳмоқ погба