
Portugaliya engilmas jamoaga, Ronaldu to‘xtamaydigan to‘purarga aylandi
Roberto Martines bosh murabbiylik qilayotgan Portugaliya terma jamoasi 2024 yilgi Evropa chempionatiga muddatidan avval yo‘llanma oldi.
Bu mutaxassis terma jamoa o‘yinini kuchaytirib yubordi. Portugaliyaliklar saralash musobaqasi guruh bosqichida hozirgacha o‘tkazilgan sakkizta uchrashuvning barchasida zafar quchdi. To‘plar nisbati ham ajoyib – 32:2.
2022 yilgi jahon chempionatidan keyin ko‘pchilik 38 yoshli Krishtianu Ronaldu xalqaro miqyosdagi faliyatini tugatishini kutgan edi. Biroq Roberto Martines Ronalduga suyanishini bildirdi.
Krishtianu qit’a chempionati saralash guruhida raqiblar darvozasini to‘qqiz marta ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, Ronaldu terma jamoa safidagi barcha gollari sonini 127 taga etkazib, mutlaq rekordchi bo‘lib turibdi.
Fikrlar