Portugaliya terma jamoasining yangi murabbiyi Ronaldu haqida gapirdi

  • 9 yanvar, 2023, 19:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Yaqinda Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan Roberto Martines Ronaldu borasida fikr bildirdi. Roberto Martines Krishtianu Ronalduga umid qilyaptimi, degan savolga javob berdi.

"Portugal tilini imkon qadar tezroq o‘rganishga harakat qilaman. Dunyoning eng yuqori saviyali jamoalaridan birida ekanligimdan xursandman. Taklifni olgach, shu loyiha meni ruxlantirayotganini angladim".

- Krishtianu Ronalduga ishonasizmi?

- Men futbolchilar bilan uchrashishni, hamma bilan gaplashishni istayman. U 19 yildan buyon terma jamoada to‘p tepadi va bu hurmatga loyiq. Birinchi o‘yindan 10 hafta oldin u bilan qanday qilib yaxshiroq jamoa tuzishni muhokama qilamiz. Ertaga ish boshlaymiz", - dedi Martines.

Eslatib o‘tamiz, 49 yoshli mutaxassis Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidan keyin Belgiya terma jamoasi murabbiyligi lavozimidan ketgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!