
Portugaliyalik yarim himoyachi "Barsa"ga o‘tmoqchi
"Vulverxempton" futbolchisi Ruben Nevish klubni tark etish niyatida. U faoliyatini "Barsa"da davom ettirmoqchi. Garchi yarim himoyachi Xavining rejasida bo‘lmasada, u kataloniyaliklar safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan.
Fabritsio Romano xabar berishicha, Nevish va "Barsa" shaxsiy kelishuvga erishib bo‘lgan. Shu sababli, portugal Ispan klubini "Vulverxempton"ga taklif bilan chiqishini kutmoqda.
Nevishning o‘zi ham jamoasini tark etayotganini tasdiqladi.
"Men bu erni yaxshi ko‘raman, lekin futbolda asosiy maqsadlar sari harakat qilishim kerak. Jamoada qolishni istagan bo‘lardim. Ammo men Chempionlar ligasida o‘ynashni xohlayman", - dedi Ruben.
"Barselona" ushbu yozda bir qator transferlarni amalga oshirishga harakat qilmoqda. Klub Messi, Inigo, Kanselu va Kimmix kabi futbolchilarni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.
Fikrlar