Portugaliyalik yarim himoyachi PSJga qaytadigan bo‘ldi

  • 6 may, 2024, 00:09
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsum boshida PSJdan 15 million evroga sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olingan Renatu Sanchesh "Roma" tomonidan qo‘yib yuboriladigan bo‘ldi, deya ma’lum qilmoqda Insayder Fabritsio Romano. 

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, rimliklar yarim himoyachini xarid qilish niyati yo‘q. Shuningdek, Frantsiya klubiga ham uni yana sotuvga qo‘yadi. 

Bir paytlar iqtidorli hisoblangan Sancheshning so‘nggi yillarda jarohatlar sabab faoliyati ortga qarab ketmoqda. Futbolchi "Roma"ning o‘zida 6 marta safdan chiqdi, ya’ni u 22 ta o‘yinda jamoasiga yordam bera olmadi. 12 marta maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi. 

Renatuning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha tuzilgan. U 2022 yili "Lill"dan 15 million evro evaziga sotib olingandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!