Postekoglu: "Bu yarim finalga chiqish – butun mavsumimiz uchun muhimdir"

  • 18 aprel, 15:38
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Tottenxem" bosh murabbiyi Postekoglu jamoaning Evropa Ligasi yarim finaliga chiqqanidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Chorak final javob o‘yinida "shporlar" safarda "Ayntraxt"ni mag‘lub etishdi (ilk o‘yin – 1:1).

"Men futbolchilar bilan faxrlanaman – ular katta ish qilishdi. Qachonki himoyalanishga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, yaxshi harakat qilishdi. Oldinda ham imkoniyatlarimiz bo‘ldi va o‘ylaymanki, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, yarim finalga chiqishga to‘liq haqli bo‘ldik.

Yigitlar bizning g‘oyalarimizga ishonishmoqda va men ular bilan haqiqatdan faxrlanaman. Bu o‘yin – mavsumimiz va maqsadlarimiz nuqtai nazaridan juda muhim bo‘ldi" – dedi angliyaliklar mutaxassisi..

Yarim finalda "Tottenxem" Norvegiyaning "Bude-Glimt" klubiga qarshi maydonga tushadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!