
Poytaxt grandlari to‘qnashuvida "Lokomotiv" "Bunyodkor"ni taslim qildi (video)
Bugun Superliganing 6-tur uchrashuvlari davom ettirildi. Jumladan, “Lokomotiv” o‘z maydonida hamshahari “Bunyodkor”ni qabul qildi.
Poytaxt derbisi kutilganidek qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy kechdi. Yakunda 2:1 hisobida mezbonlarning qo‘li baland keldi. “Temiryo‘lchilar” safida gollarni Javohir Sidiqov (47') va Temurxo‘ja Abduxoliqov (67') kiritgan bo‘lsa, “qaldirg‘ochlar”ning yagona javob goliga Odiljon Abdurahmonov (78') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar