
Poytaxtda o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati bahslari yakuniga etdi
3-6 aprel kunlari poytaxtimizda konkur bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda Respublikamizning ko‘plab viloyatlaridan tashrif buyurgan chavandozlar g‘oliblik uchun bahs olib bordilar.
Bellashuvlar yakuniga ko‘ra, Bahromjon Gaziev, Xurshid Alimjonov, Alisher Erkinov, Bekzod Qurbonov, Nurjan Tuyakbaev, Ashrafxon Ne’matov turli yo‘nalishlarda chempionlikni qo‘lga kiritishdi.
Ahamiyatlisi, taqdirlash marosimida Italiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Pergabriel Papadia de Bottini ishtirok etib, mamlakatlarning mazkur sport turidagi hamkorligi yangi darajaga ko‘tarilayotganini ta’kidladi.
Fikrlar