Premer-liga klubi O‘runovni olish shartini aytdi!

  • 21 avgust, 2022, 17:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Rossiya premer-ligasi ishtirokchisi “Ximki” jamoa tarkibini kuchaytirish uchun “Spartak”da ishlari yurishmayotgan legioner Oston O‘runovni o‘z safiga qo‘shib olishga qaror qildi.

Moskva viloyati sharafini himoya qilayotgan ushbu klub kuzatuv kengashi a’zosi Roman Teryushkov ommaviy axborot vositalariga bergan ma’lumotida Oston O‘runovni olish shartlarini bildirdi.

oston-urunov-mozhet-perejti-iz-spartaka-v-chonbuk-motors_16578764021021705590

- Agar “Spartak” O‘runov bilan amaldagi shartnomani bekor qiladigan bo‘lsa, futbolchi bilan muzokara o‘tkazishga tayyormiz. Oston ilgari biz qiziqqan futbolchilar ro‘yxatida bor edi, - dedi Roman Teryushkov.

Qizig‘i shundaki, shu mutaxassis yaqinda jurnalistlarning savoliga javob berar ekan, Oston O‘runov ortiq “Ximki”ni qiziqtirmasligini ta’kidlagandi. Endi vaziyat o‘zgargan ko‘rinadi.

Oston O‘runov 2020 yilning boshida Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi safidan “Ufa” ko‘chib o‘tganidan keyin Rossiya premer-ligasida o‘z salohiyatini namoyon eta oldi.

Yozgi transferlar vaqtida “Ufa”dan “Spartak”ga bosh direktorlikka o‘tgan Shamil Gazizov hambyurtimizni ham o‘zi bilan olib ketdi. Aslida Ostonga premer-liganing deyarli barcha grand klublari shartnoma taklif qilayotgan edi.

Shamil Gazizov va “Spartak” xo‘jayini Leonid Fedun munosabatlari buzilganini ortidan ufalik mutaxassis olib kelgan Oston O‘runovni ham poytaxt jamoasida o‘ynatishmadi.

Bir necha marotaba ijara asosida “Ufa”ga jo‘natilgan futbolchi yozda yana “Spartak”ga qaytgandi. Moskvaliklar uni sotib yuborishga qaror qilgan. Hamyurtimiz Rossiya va Osiyoning bir necha klublaridan taklif bo‘ldi. Hatto “Navbahor” ham mohir yarim himoyachini Namanganga qaytarmoqchi bo‘ldi. Biroq, “Spartak” bilan shartnomada katta maoshga ega bo‘lgan futbolchi mablag‘ masalasida boshqa klublar taklifini qabul qilmadi.

Endi moskvaliklar nima qilib bo‘lsa ham, o‘zbekistonlik legioner bilan 2025 yilning yozigacha imzolangan bitimni bekor qilishga harakat qilmoqda. Vaziyatni kuzatib borayotgan xorij ommaviy axborot vositalari O‘runov kelishuvni bekor qilish uchun shartnomada ko‘rsatilgan maoshini to‘liq to‘lanishini talab qilayotgan ekan.

oston-urunov-zabil-pervyj-gol-za-spartak_1600280291389713168_1

Hozircha, Oston O‘runov o‘yin amaliyotisiz qolmoqda. Agarda u “Spartak” bilan hamkorlikni rasman to‘xtatsa, uning bozori yana qaynashi tayin.

Evropa klublari nazariga tushgan legionerimiz yana gol urib, jamoasini birinchi o‘ringa ko‘tardi!

Shomurodovni olishga so‘nggi urinish!

Bizda ham ayb bor. Shahboz Umarovni boshqacha jazolash kerak edi!

Shomurodov Rossiyaga qaytadimi?

“Roma”: Shomurodov superto‘purar yo‘lini to‘sib turibdi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!