Prevyu. “Metallurg” – “Navbahor”

  • 25 avgust, 2019, 17:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 18-turi doirasida Bekobodning “Metallurg” jamoasi o‘z maydonida Namanganning “Navbahor” klubini qabul qiladi.

Tecno

Mazkur jamoalar Superliga (oliy liga)da shu kungacha 45 marotaba o‘zaro ro‘baro‘ kelishgan. O‘tkazilgan o‘yinlarning  20 tasida “lochinlar” g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 12ta uchrashuvda bekobodliklar zafar quchishgan, 13ta bahsda esa klublar durangga imzo chekishgan. To‘plar nisbatidagi ustunlik namanganliklar tomonida: 65ga 46. 

O‘zaro o‘yinlarda namanganliklar 73 ochko, bekobodliklar esa 49 ochkoni qo‘lga kiritishgan. “Navbahor”ning “Metallurg” ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi 7:0ga teng bo‘lsa, bekobodliklarning namanganliklar ustidan erishgan eng yirik g‘alabasi – 5:1.

O‘z o‘rnida ta’kidlash joizki, Bekobodda bo‘lib o‘tgan 22ta o‘yindan 11 tasida mezbonlar g‘alaba qozonishgan, 8ta bahsda durang qayd etilgan, 3ta o‘yinda esa “Navbahor” zafar quchgan.

Ushbu klublarning birinchi davrada Namanganda bo‘lib o‘tgan bahsida - 0:0 hisobidagi nursiz durang qayd etilgandi.     

Eslatib o‘tamiz, “Metallurg” – “Navbahor” uchrashuvi  26 avgust kuni Bekoboddagi “Metallurg” o‘yingohida soat 19:15da start oladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!