
"Prezident kubogi". "O‘zbekcha derbi"da durang, Sindarov esa g‘alaba qozondi
Toshkentda "Prezident kubogi" davom etmoqda. 3-bor o‘tkazilayotgan musobaqaning mukofot jamg‘armasi 75000 AQSh dollarini tashkil etadi.
Turnir 2 guruhda o‘tkaziladi. "A" guruhida reytingi 2250 va undan yuqori reytingli shaxmatchilar ishtirok etsa, "B" guruhida reytingi 2249 va undan past reytingli shaxmatchilar qatnashadi. Har bir o‘yin 90 daqiqa va har bir yurish uchun 30 sekund vaqt qo‘shib boriladi.
Bugun mazkur musobaqada 5-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu turda "O‘zbek derbisi" guvohi bo‘ldik. Ikki hamyurtimiz Ortiq Ne’matov va Nodirbek Abdusattorov o‘zaro to‘qnash kelgan bahsda tomonlar kuchi teng keldi.
Javohir Sindarov esa Ivan Zemlyanskini taslim etdi. Ulug‘bek Tillaev va Sankalp Gupta bahsida hindistonlik shaxmatchi g‘alaba qozongan bo‘lsa, Almas Rahmatullaev Afruza Hamdamovani mag‘lub etdi.
Fikrlar