
Prezidentimiz tomonidan og‘ir atletikachilarimiz taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Jahon chempionatida yuqori natijaga erishgan sportchilarni taqdirlash to‘g‘risida”gi Farmoyishni imzoladi, deya xabar bermoqda UzA.
Farmoyishda Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan og‘ir atletika sport turi bo‘yicha 2017 yil 28 noyabr - 6 dekabr kunlari Anaxaym shahrida (AQSh) o‘tkazilgan jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan quyidagi O‘zbekiston sportchilari:
– Yoqubov Doston Jaloliddin o‘g‘li 69 kg vaznda birinchi o‘rinni (oltin medal) egallagani uchun 12 000 AQSh dollari;
– Sobirov Farxodbek Anvar o‘g‘li 94 kg vaznda ikkinchi o‘rinni (kumush medal) egallagani uchun 6 000 AQSh dollari;
– Efremov Ivan Vladimirovich 105 kg vaznda ikkinchi o‘rinni (kumush medal) egallagani uchun 6 000 AQSh dollari;
– Ergashev Adxamjon Abdullajon o‘g‘li 62 kg vaznda uchinchi o‘rinni (bronza medal) egallagani uchun 3 000 AQSh dollari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanishi belgilandi.
Fikrlar