Pro-liga. "Sho‘rtan" o‘z maydonida "Yangier"ni tor-mor keltirdi

Pro-liga 4-turidan o‘rin olgan "Sho‘rtan" - "Yangier" uchrashuvi yakunlandi. Unda mezbonlar yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

O‘yinda gollarga  Nodirjon Nurmatov (1-daqiqa), Muhriddin Zoirov (25-daqiqa), Abduxoliq Qurbonov (39-daqiqa) va Javohir Hasanov (52-daqiqa) mualliflik qildi. Mehmonlar bugun maydonni golsiz tark etadigan bo‘ldi. 

Mazkur natijadan so‘ng "Sho‘rtan" ochkolari sonini 4 taga etkazib, 7-o‘ringa chiqib oldi.

"Yangier" hisobida 3 ochko mavjud. Jamoa ayni payt jadvalning 8-pog‘onasidan joy olgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!