Professional boks olamida barcha kutayotgan super jang amalga oshadi!

  • 16 mart, 2021, 14:33
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning super og‘ir vazn toifasida WBA, IBF va WBO kamarlari sohibi Entoni Joshua (24-1, 22 KO) yana bir britaniyalik bokschisi WBC yo‘nalishida chempioni Tayson Fyuri (30-0-1, 21 KO) bilan shu yilning o‘zida ikkita jang o‘tkazishi borasida shartnoma imzoladi.

Bu borada Joshuaning promouteri Eddi Xirn ma’lumn qilgan. Unga ko‘ra, birinchi jang iyun yoki iyul oyida Saudiya Arabistonida bo‘lishi rko‘zda tutilmoqda. Bokschilarning moliyaviy bandlariga to‘xtalsak, ular birinchi jangda 100 million dollarga ega bo‘ladi.

Revansh jangi esa, joriy yilning oxiriga mo‘lajallanmoqda. Ikkinchi jangdagi gonorar 60% - 40% tarzida taqsimlanadi. Dastlabki jangda muvaffaqiyatga erishgan bokschi, ikkinchi jangda ko‘proq gonorarga ega chiqadi.

Xullas, barcha orziqib kutayotgan to‘qnashuv va nihoyat amalga oshadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!