Professional boks oqshomi barcha natijalari bilan tanishing

  • 18 dekabr, 2021, 00:59
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 5
  • Boks
CHERY AUTO

Toshkentda katta professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi. 

Isroil Madrimov va Mishel Soro jangi muddatidan oldin yakuniga etdi. Jangning 9-raundi yakunida Madrimov Soroga ketma-ket kuchli zarbalar bera boshladi. O‘sha vaqtda gong chalindi ammo bokschilar va referi buni eshitmay qoldi. Yana bir necha zarbadan so‘ng hakam jangi yakunlaganlik ishorasini berdi. Bu holat gongdan so‘ng bo‘lganligi uchun bir muddat muhokama qilindi. Yakunda esa natija o‘zgartirilmaydigan bo‘ldi. Shunday qilib, Isroil Madrimov Mishel Soroni 9-raundda texnik nokaut bilan mag‘lub etdi.

6. Boks oqshomining eng qizig‘in pallasi boshlandi. Ikkinchi asosiy jangda hamyurtimiz Shahram G‘iyosov Argentinadan tashrif buyurgan Kristian Koriani ochkolar bo‘yicha mag‘lub etdi. 

5. Hasanboy Do‘smatov o‘ziga tegishli bo‘lgan WBA International kamarini meksikalik Hose Rivasdan himoya qildi. 10 raund etib belgilangan bahsning 5-raundida raqib jarohat sabab jangni davom ettira olmadi. Shunday qilib, Do‘smatov texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi. 

4. Mazkur kechaning DAZN platformasida translyatsiyasi boshlandi. Jahon bo‘ylab efirga uzatilayotgan oqshomning 4-jangida Bektemir Meliqo‘ziev va Sergey Ekimov bahs olib bordi. Mazkur qarama-qarshilik to‘liq 8 raund davom etdi va Meliqo‘ziev ochkolar bo‘yicha zafar quchdi. 

3. Elnur Abduraimov filippinlik Jon Geminoga qarshi ringga ko‘tarildi. Abduraimovning to‘liq ustunligida o‘tgan bahs 6 raundda muddatidan oldin yakuniga etdi va unda hamyurtimiz ustun keldi. Bu uning 8-g‘alabasi bo‘ldi. 

2. Iqboljon Xoldorov professional yo‘nalishda ikkinchi jangini Belorussiya vakili, Shohjahon Ergashevning sobiq raqibi Dmitriy Miliushaga qarshi o‘tkazdi va 1 raundda muddatidan oldin g‘alaba qozondi. 

1. Professional boksda birinchi jangini o‘tkazgan bokschimiz Dilshodbek Ro‘zmetov raqibi Maksim Smirnov ustidan ochkolar  hisobida  g‘alaba qozondi va ilk debyutini omadli nishonladi.

To‘liq jang juftliklari: 

12 raund: Isroil Madrimov (7-0, 5KO) - Mishel Soro (35-2-1, 24KO)

10 raund: Shahram G‘iyosov (11-0, 9KO)- Kristian Koria (29-8-2, 13KO)

10 raund: Hasanboy Do‘smatov (3-0, 3KO) - Hose Rivas (18-12-4, 10KO)

8 raund: Bektemir Meliqo‘ziev (7-1, 6KO) - Sergey Ekimov (18-3, 9KO)

10 raund: Elnur Abduraimov (7-0, 6KO) - Jon Gemino (22-12-1, 12KO) 

6 raund: Iqboljon Xoldorov (1-0, 1KO) - Dimitriy Miliusha (9-5-1, 4KO) 

6 raund: Dilshod Ro‘zmetov (debyut) - Maksim Smirnov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Jasur Shakirov
17/12/2021 21:36
Zoʻr TV Shahram Gʻiyosovni yuziga vijir-vijir qoʻymaptiku. Soqol qoʻyvoganku u ham.
Eldor Tyraboev
18/12/2021 13:32
Nima aloqasi bor soqolni Soqol sunnatku Tushunmadim gapizga?
Jasur Shakirov
18/12/2021 22:32
Zoʻr TV koʻrsatuv kinolardagi soqol qoʻygan odamlarni yuzini koʻrsatmayotgan edi. Shunga yozdim.
fayzulla egamqulov
17/12/2021 18:49
Qaysi kanal olib beradi
Abbos Boltayev
17/12/2021 19:23
ZoʻrTV jonli olib berayapti