
PSJ argentinalik ikki superhujumchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
PSJ argentinalik ikki hujumchi bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Britaniya matbuotining yozishiga ko‘ra, parijliklar bosh murabbiyi Maurisio Pochettino o‘z jamoasida Lionel Messi va Serxio Agueroni ko‘rmoqchi.
Ikki futbolchining ham jamoasi bilan shartnomasi mavsum so‘nggida yakuniga etadi. Ma’lumki, Messi va Aguero yaqin do‘st hisoblanadi. Aynan shu sababli, Pochettino hamyurtlarini bir jamoaga yig‘moqchi.
Avvalroq, "Siti" Aguero bilan yangi shartnoma imzolashga tayyorligi haqida xabarlar taqrqalgandi.
Fikrlar