
PSJ “Bavariya”ning rejalarini buzmoqchi
“Liverpul”ning senegallik hujumchisi Sadio Mane faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konurning ta’kidlashicha, PSJ futbolchi uchun mersisaydliklarga 30 million evro taklif qilmoqchi. Avvalroq Mane nemis jamoasi bilan shartnoma borasida kelishib olgani haqida xabar berilgan edi. Biroq "Bavariya" Sadio uchun buncha summa to‘lashga tayyor emas.
Hujumchi “Liverpul”ga 2016 yilda “Sautgempton”dan 41,2 million evro evaziga o‘tgan. O‘shandan beri senegallik forvard "qizillar" safida 269 ta o‘yinda ishtirok etib, 120 ta gol va 48 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
Manening ingliz klubi bilan shartnomasi kelasi mavsum oxirida yakuniga etadi.
Fikrlar