PSJ Kavani o‘rniga 6 ta hujumchining nomzodini ko‘rib chiqmoqda

  • 15 aprel, 2019, 12:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi 32 yoshga to‘lgan urugvaylik hujumchisi Edinson Kavanining o‘rniga munosib futbolchi qidirishni boshlab yubordi.

Tecno

Le10Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar short-listida Luka Yovich ("Ayntraxt"), Antuan Grizmann ("Atletiko"), Nikolya Pepe ("Lill"), Mauro Ikardi ("Inter"), Timo Verner ("RB Leyptsig") va Joau Felish ("Benfika") kabi futbolchilar bor.

O‘z navbatida Kavaniga Madridning “Atletiko” klubidan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. U matraschilar safida Diego Kostaning o‘rnini egallashi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Kavani PSJ tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U joriy mavsum 27ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 22ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!