PSJ Koutinoni o‘z safida ko‘rmoqchi, biroq "Liverpul" buning uchun 100 mln evro so‘ramoqda

  • 2 iyul, 2017, 17:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning “Liverpul” klubi hujumkor yarim himoyachisi Filippe Koutino PSJning qiziqishlariga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Téléfoot nashri ma’lum qildi.

Tecno

O‘z navbatida mersisaydliklar 25 yoshli Braziliya terma jamoasi a’zosini 100 mln evroga baholashmoqda.

Ta’kidlash kerakki, futbolchiga bundan avvalroq “Barselona” klubi ham qiziqishlar bildirayotgan edi. Kataloniyaliklar ham bu borada o‘z fikrlarini hali o‘zgartirishganicha yo‘q.

Ma’lumot uchun, Koutino joriy mavsum Angliya premer-ligasining jami 31ta uchrashuvida ishtirok etib, o‘z hisobiga 13ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!