
PSJ "Lion" futbolchisi uchun 15 million evrodan ortiq pul bermoqchi emas
PSJ rahbariyati “Lion”ga yarim himoyachi Rayan Sherki uchun maksimum 15 million evro to‘lashga tayyorligini ma’lum qildi. Jurnalist Adrien Grenierning so‘zlariga ko‘ra, parijliklar ushbu transfer uchun belgilangan miqdordan ortiq pul taklif qilish niyatida emas.
19 yoshli Sherkining shartnomasi kelasi mavsum oxirida yakunlanadi va shu sababli ham PSJ bu borada chegirma qilinishiga umid qilmoqda. Ammo "Lion" frantsiyalik futbolchini bu narxga sotishga rozi bo‘ladimi yoki yo‘qmi, bunisi noma’lum.
Sherki joriy mavsum Frantsiya chempionatida 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar