PSJ Mbappe bilan shartnoma imzoladi

  • 26.06.2021 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Pari Sen-Jermen” rahbariyati jamoaning etakchi hujumchisi Kilian Mbappening  ukasi Itan bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Bu haqida parijliklarning rasmiy sayti xabar tarqatdi.

15 yoshli Itan Mbappe PSJ akademiyasida shug‘ullanayotgan edi.

Parij klubining bu ishi Kilian Mbappeni klubda qolishga ko‘ndirishi mumkin. Hozirgacha, tomonlar yangi shartnoma borasida bir qarorga kela olmayapti.

PSJ rahbariyati Kilian Mbappe ilgari surgan talablarni qondirishga va’da qilayotgan bo‘lsa-da, iste’dodli hujumchi  boshqa klubga o‘tib ketish fikridan qaytgani yo‘q.

2018 yildan beri PSJda o‘ynayotgan Kilian tez orada yangi bitim imzolamasa, klub uni yozgi transferlar yakunlangunga qadar 120-150 million evroga sotib yuboradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!