PSJ Mbappe o‘rniga faqat bitta futbolchini olib kelishi mumkin!

  • 31 iyul, 2023, 20:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi hujumchi qidirish ishlarini hamon to‘xtatgani yo‘q. Rahbariyat o‘z oldiga "Ayntraxt" vakili Randal Kolo-Muanini tarkibga qo‘shib olishni ustuvor vazifa, deb biladi. 

Tecno

Parijliklar Xarri Keynni sotib olishga urinib ko‘rdi. Ammo futbolchining o‘zi Frantsiyaga ko‘chib o‘tishni istamadi. "Benfika" vakili Gonsalu Ramushni esa portugal klubi sotilmasligini ma’lum qildi. 

Bu sa’y-harakatlar Kilian Mbappe jamoani tark etsa, uning o‘rniga munosib nomzod topish uchun bo‘lishi aytilmoqda. PSJ rahbariyati Kilian "Real" bilan shaxsiy kelishuvga erishgan, deb hisoblaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!