PSJ Mbappening muhim vazifasini boshqa o‘yinchiga topshirdi

  • 21 avgust, 2024, 18:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ safida shu paytga qadar penaltilarni Kilian Mbappe bajarib kelgan. 25 yoshli hujumchi “Real”ga o‘tib ketganidan keyin Parij klubi murabbiylar shtabi bu mas’uliyatli ishni boshqa o‘yinchiga yukladi.

Tecno

RMC Sport nashrining ma’lum qilishicha, endi PSJda asosiy penaltichi portulagiyalik yarim himoyachi Vitinya bo‘ladi.

24 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 46 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga to‘qqizta gol va beshta assist yozdirib qo‘ygandi. Endi bu futbolchida gollari sonini oshirish imkoni bo‘ladi.

Vitinyaning parijliklar bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etishi belgilangan. Transfermarkt portali ekspertlari bu futbolchini 55 million evroga baholamoqda.

PSJ Vitinyani ikki yil muqaddam “Portu”dan 41,5 million evroga transfer qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!