
PSJ: Mbappesiz o‘ynaymiz!
PSJning asosiy hujumchisi Kilian Mbappe “Nant”ga qarshi bo‘ladigan Frantsiya Superkubogi uchrashuvida qatnashmaydigan bo‘ldi.
Murabbiylar shtabi 23 yoshli futbolchini o‘yin qanydnomasiga kiritmadi.
Frantsiya Superkubogi uchun o‘yin 31 ibl kuni Isroilning Tel-Aviv shahrida bo‘ladi.
PSJ bu sovrin uchun mamlakat chempioni sifatida maydonga chiqadi. “Nant” esa Frantsiya kubogi finalida “Nitstsa”ni mag‘lubiyatga uchratgani uchun parijliklarga qarshi o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi.
Mbappe o‘tgan mavsumda 45 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 38 ta gol va 26 ta assist qayd etgan.
Fikrlar