PSJ navbatdagi transferni rasmiylashtirdi

  • 3 avgust, 2022, 19:16
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning “Lill” klubi yarim himoyachisi Renatu Sanchesh PSJ futbolchisiga aylandi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano tvitterdagi sahifasi orqali xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, tomonlar bugun portugaliyalik borasida bir qarorga kelgan. Ta’kidlanishicha, Parij klubi futbolchi uchun “Lill”ga 15 million evro to‘laydi.

Yaqin vaqt ichida Renatu Frantsiyaga uchib ketadi va u erda PSJ uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Ma’lumot o‘rnida, Sancheshga “Milan” ham qiziqish bildirgan edi. Biroq futbolchi Liga 1 da qolishga qaror qildi.

“Transfermarkt” portali yarim himoyachining narxini 28 million evroga baholagan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!