PSJ Neymarni transferga qo‘ydi!

  • 8 iyun, 2023, 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

RMC Sport nashri xabariga ko‘ra, PSJ rahbariyati yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar orasiga hujumchi Neymarni ham qo‘shmoqda. Parij grandi aslida braziliyalik yulduz bilan o‘tgan yilning yozidayoq xayrlashmoqchi edi, ammo uni sota olmadi. Oradan bir yil o‘tib parijliklar yana Neymarni transferga qo‘yishdi. Ammo moliyaviy sabablarga ko‘ra, PSJ Neymarga yana xaridor topishi qiyin bo‘lishi mumkin.

Tecno

Neymar yakunlangan 2022/2023 yilgi mavsumda PSJ tarkibida jami 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Aytish joizki, Neymar futbol tarixidagi eng qimmat futbolchi bo‘lib qolmoqda. PSJ braziliyalik futbolchi uchun 2017 yilda “Barselona”ga naqd 222 million evro to‘lagandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!