
PSJ nimaga ishonmoqda?
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba shu yoz PSJga o‘tishi mumkin.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga qaraganda, MYu rahbariyati parijliklardan Pogba borasida rasmiy taklif bo‘lishini kutmoqda. Frantsiyalik futbolchining agenti Mino Rayola allaqachon PSJ bilan kelishuvga erishgan.
PSJ “qizil iblislar” Pogbani 50 million evroga sotishiga ishonmoqda. Pogbaning MYu bilan amaldagi shartnomasi yana bir yildan so‘ng tugaydi va u hozircha ushbu kelishuvni uzaytirishni xohlamayapti.
“Manchester Yunayted” Pogbani sotgan taqdirda, uning o‘rniga "Renn" yarim himoyachisi Eduardo Kamavingani olib keladi.
Fikrlar