PSJ o‘z futbolchilarini millioner qilyapti

  • 28 mart, 12:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

L'Equipe jurnali Frantsiya chempionati yuqori divizionida o‘ynayotgan futbolchilar orasida eng katta maosh olayotganlarining ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Tecno

Qizig‘i shundaki, reytingning dastlabki o‘nta pog‘onasidan bir klub – faqatgina “Pari Sen-Jermen” vakillari o‘rin oldi.

Liga 1 a’zolari orasida eng katta maosh olayotgan o‘yinchi Usmon Dembele bo‘lib chiqdi. Parijliklar o‘z to‘purariga har oy 1,5 million evrodan maosh to‘layapti.

Rossiya futbolidan Evropaga ketgan gruziyalik Xvicha Kvaratsxeliya yaqinda PSJga ko‘chib o‘tgan edi. Hujumkor futbolchining bir oylik xizmat haqi 900 ming evroga baholanyapti.

Eng katta maosh olayotganlar o‘nligi quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. Usmon Dembele (PSJ) — € 1,5 mln

2. Markinos (PSJ) — € 1,12 mln

3. Lukas Ernandes, Ashraf Hakimi (PSJ) — € 1,1 mln

5. Uorren Zair-Emeri (PSJ) — € 0,95 mln

6. Vitinya, Xvicha Kvaratsxeliya (PSJ) — € 0,9 mln

8. Janluiji Donnarumma (PSJ) — € 0,8495 mln

9. Nunu Mendesh (PSJ) — € 0,8 mln

10. Presnel Kimpembe (PSJ) — € 0,64 mln.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!