PSJ o‘z tarkibini Portugaliya terma jamoasi futbolchisi bilan kuchaytirdi

  • 1 sentabr, 2021, 08:16
  • 0
  • Futbol

Lissabonning "Sporting" klubi yarim himoyachisi Nunu Mendesh "Pari Sen-Jermen"ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda frantsuz klubi rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, PSJ 19 yoshli futbolchini 7 mln evro evaziga 2022 yilning yoziga qadar ijaraga oldi. Ammo ushbu ijara muddati yakunlangach parijliklar Mendeshni 40 mln evro evaziga to‘liq sotib olish huquqiga ega.

Nunu Mendesh "Sporting" tarkibida 2020 yildan buyon o‘ynab kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 47 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Mendesh Portugaliya terma jamoasida 5 ta o‘yinda ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!