
PSJ prezidenti: “Mavsumni mag‘lubiyatsiz tarzda chempion sifatida yakunlash — o‘zgacha iftixor”
"Pari Sen-Jermen" jamoasi yana bir bor Frantsiya Liga 1 chempionligiga erishdi. Bu safargi g‘alabaning yana bir muhim jihati shundaki, jamoa hozircha biror marta mag‘lub bo‘lmagan holda, peshqadamlikni qo‘ldan boy bermadi. PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi klubning ushbu muvaffaqiyatini alohida ta’kidlab o‘tdi:
— Biz Evropadagi eng kuchli chempionatlardan biri bo‘lgan Liga 1da chempion bo‘lganimizdan juda faxrlanamiz. Bu g‘alabaning yanada o‘zgacha jihati — hozirgacha mag‘lubiyatsiz unvonni qo‘lga kiritganimizdir.
Barcha futbolchilarni, bosh murabbiy Luis Enrikenini va sport departamentida ishlaydigan barcha mutaxassislarni tabriklayman, – dedi Al-Xelayfi.
Fikrlar