PSJ "Real" yulduziga katta taklif tayyorlayapti

  • 11.06.2026 22:31
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Goals Zone nashrining yozishicha, PSJ yozgi transfer oynasida "Real"ning turkiyalik futbolchisi Arda Gyulerni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Manbaga ko‘ra, parijliklar rahbariyati ushbu ehtimoliy kelishuv uchun taxminan 120 million yevro ajratishga tayyor.

Gyulernig "Real" bilan tuzgan shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Bu esa ispaniyalik klubga muzokaralarda mustahkam pozitsiyani saqlab qolish imkonini beradi.

O‘tgan mavsumda 20 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalar doirasida 51 ta o‘yinda maydonga tushdi. U shu davr mobaynida olti bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va 14 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!