PSJ "Real"ni dog‘da qoldirishi mumkin!

  • 23 fevral, 2021, 21:11
  • Abdullajon .
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Bavariya"ning avstriyalik himoyachisi David Alaba shu yozda jamoasi bilan shartnomasi yakunlanishi bois, klubini o‘zgaritirishini ma’lum qilgan. Alaba o‘tishi mumkin bo‘lgan klublar sifatida shu paytgacha "Real" Madrid alohida ta’kidlanib aytilayotgan edi. Biroq so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda 28 yoshli futbolchiga PSJ ham jiddiy qiziqish bildirgan.

Tecno

Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Alaba bilan Nosir Al-Xelayfining shaxsan o‘zi bog‘langan. Yakuniy kelishuv haqida biror aniq ma’lumot aytilmagan. Biroq, maosh borasidagi yaxshigina taklif Alabani Parijga etaklashi ehtimoldan holi emas. Voqealar rivojini kuzatamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!