PSJ “Real”ni fitnada ayblayapti

  • 4 avgust, 2023, 23:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Pari Sen-Jermen” rahbariyati bosh murabbiy Luis Enrike klubni tark etmoqchi ekani haqidagi xabarlardan jumbushga keldi.

Tecno

Ma’lumki, ispan matbuoti ispaniyalik murabbiy jamoada Kilian Mbappe atrofidagi ziddiyatdan norozi ekani va ichki muhit buzilgani uchun klubdan ketmoqchi ekani haqida ma’lumot tarqatmoqda.

Taniqli insayder Fabritsio Romanoga ko‘ra, parijliklar bu shov-shuvlarni “Real” vakillari o‘ylab topmoqda, degan fikrga kelgan.

Ta’kidlash joizki, o‘tgan yili Kilian Mbappe “Real” rahbariyatini Madridga ko‘chib o‘tishga ishontirib, kutilmaganda PSJda qolgan edi. Shundan beri bu ikki klub munosabatlari ko‘ngiodagidek emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!