
PSJ sobiq futbolchisi Bekxemning klubi bilan muzokara o‘tkazmoqda
"Roma" yarim himoyachisi Xaver Pastore faoliyatini "Inter Mayami" klubida davom ettirishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, futbolchiga jiddiy qiziqish bildirgan Devid Bekxem klubi argentinalik futbolchi bilan muzokaralarga kirishgan.
Pastorening rimliklar bilan 2023 yilning yoziga qadar amal qiluvchi shartnomasi bor.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli futbolchi A Seriyaning joriy mavsumida 9 ta bahs o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar