PSJ superhujumchiga xaridor
PSJ rahbariyati Kilian Mbappega o‘rinbosar qidirishda davom etadi. Calciomercato nashrining xabar berishicha, parijliklar “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshfordni olib kelmoqchi.
24 yoshli futbolchining o‘zini tarbiyalagan klub bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha tuzilgan. Klubda kelishuvni avtomatik tarzda bir yilga uzaytirish huquqi bor.
PSJ hujumni keskin darajada kuchaytirishi mumkin bo‘lgan Reshford uchun 85 million evro miqdorida badal puli to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
Reshford universal hujumchi hisoblanadi. U oldingi chiziqning har ikki qanotida va hujum markazida samarali o‘ynashi mumkin. Markus joriy mavsumda Angliya premer-ligasida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol va bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar