
PSJ tez orada APL klubi bilan muzokara boshlaydi
PSJ rahbariyati “Everton” hujumchisi Moyze Kinning transfer huquqini sotib olmoqchi.
Italiyalik jurnalist Janluka Di Martsioning xabar berishicha, parijliklar tez orada 21 yoshli futbolchini sotib olish bo‘yicha APL klubi bilan muzokaralarga kirishadi. O‘z navbatida “Everton” ushbu transferdan 40 million evro ishlab olishni ko‘zlamoqda.
Agar tomonlar kelisha olmasa, u holda “irischilar” Kinni Italiya klublariga taklif qiladi. Boisi, Italiya terma jamoasi a’zosiga A Seriya grandlaridan jiddiy qiziqishlar bor.
Joriy mavsumni PSJ safida ijara asosida o‘tkazayotgan Kin 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va 16 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning ayni damdagi transfer narxi esa 35 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar