PSJ yozda katta transferga qo‘l uradi

  • 26 fevral, 2022, 16:20
  • 0
  • Futbol

PSJ rahbariyati yozgi transferlar oynasida "Chelsi" etakchisi N'Golo Kanteni sotib olishga harakat qiladi. Bu haqda "The Telegraph" nashri xabar berdi.

Parijliklar futbolchini o‘z yurtiga qaytarish uchun katta summa to‘lashga ham tayyor. Biroq London klubi yarim himoyachini qo‘yib yubormoqchi emas.

Eslatib o‘tamiz, Kante "Chelsi" safiga 2016 yil "Lester"dan kelib qo‘shilgandi. Shu muddat ichida u "aristokratlar" bilan 6ta sovrin yutishga muvaffaq bo‘ldi. 

 N'Golo joriy mavsum APLning 16 uchrashuvida 2 gol va 2 assist muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!