PSJ yozda Milinkovich-Savich uchun "Latsio"ga 100 mln evro taklif qilmoqchi
PSJ klubi "Latsio" xavbeki Sergey Milinkovich-Savichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
La Gazzetta Dello Sport nashrining yozishicha Frantsiya chempioni yozda 25 yoshli serbiyalik futbolchi uchun rimliklarga 100 mln evro taklif qilmoqchi.
Ta’kidlash kerakki Sergey uchun shuningdek "Yuventus" va "Manchester Yunayted" klublaridan ham jiddiy qiziqishlar mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Milinkovich-Savich “Latsio” safiga 2015 yil 18 mln evro evaziga “Genk” klubidan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum 31 ta o‘yinda ishtirok etdi va 5 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



Fikrlar