
PSJ yulduzlarsiz o‘ynaydi, endi Mbappe ham kerakmas
Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening PSJ bilan shartnomasi tugashiga oz muddat qoldi.
Parijliklar hamkorlikni uzaytirishga harakat qilmoqda. Biroq 25 yoshli forvard klub taklifini qabul qilmagan taqdirda ham PSJ yutqazmaydi.
Ma’lumki, Kilian Mbappeni o‘ynatish har qanday klubga, xususan, PSJning o‘ziga ham o‘ta qimmatga tushmoqda. Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, Mbappening ketishi parijliklarga 200 million funtni iqtisod qilib qolish imkonini beradi.
Shu bois, klub rahbariyati hujumchining ketishiga tayyor. Bu vaziyatda klubning rivojlanish strategiyasi o‘zgaradi.
Bosh murabbiy Luis Enrike asosiy e’tiborini yosh o‘yinchilardan iborat tezkor va raqobatbardosh tarkib shakllantirishga qaratadi. Mbappedan qoladigan 200 million funt bu loyihani amalga oshirishga etadi.
Qolaversa, PSJ mutasaddilari Kilian Mbappening yonida Lionel Messi va Neymar kabi yulduzlar o‘ynagan davrda ham jamoa Evropa Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kirita olmaganini yaxshi his qilib turibdi.
Fikrlar