PSJ Zidanga "kosmos" maosh taklif qilmoqda!

  • 31 may, 2022, 23:55
  • 0
  • Futbol

PSJ frantsiyalik mutaxassis Zinedin Zidan xizmatiga qiziqish bildirishda davom etmoqda. Bu haqda jurnalist Adrian Grene yozmoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, parijliklar Zidan uchun yiliga 25 million evro maosh berishga tayyor. Agar ZiZu Parij klubiga keladigan bo‘lsa, jahon futbolda eng ko‘p maosh oladigan murabbiyga aylanadi. 

Eslatib o‘tamiz, PSJni ayni damda Maurisio Pochettino boshqarmoqda. Rahbariyat uni iste’foga chiqarish haqida bosh qotirmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!